Buxoroda jahon va Osiyo chempionati sovrindorlari taqdirlandi

Foto: «Xalq so‘zi»
Diqqatga molik dalil: Ayni damda 503 nafar buxorolik yigit – qiz u yoki bu sport turi bo‘yicha mamlakat milliy terma jamoalari asosiy tarkibi a’zosi sanaladi. 421 nafar sportchi esa zaxira sifatida ro‘yxatga kiritilgan. O‘zbekiston terma jamoasining xalqaro maydonlardagi muvaffaqiyatlariga bu sportchilar munosib ulush qo‘shib kelayaptilar.
Yaqinda Toshkent shahrida kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan boks bo‘yicha jahon chempionati bu fikrning yaqqol tasdig‘i bo‘la oladi. Unda 57 kilogramm vaznda ringga chiqqan Abdumalik Xalakov barcha raqiblarini ishonchli tarzda yengib, jahon chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi. O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan yana bir buxorolik bokschi Saidjamshid Jafarov esa 71 kilogramm vazn toifasida kumush medal sohibiga aylandi.
Bunga qadar esa Tailandda 22 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida boks bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazilgan va unda Bekzod Hamidov, Farzona Fozilova va Sabina Boboqulova oltin, Ziyoda Yarasheva esa bronza medalini qo‘lga kiritishgandi.
Buxoro olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Viloyat sektor rahbarlari, sportchilar va ularning murabbiylari, ota – onalar ishtirokida o‘tgan tadbirda viloyat hokimi B. Zaripov yoshlarni sportga jalb etish borasidagi ishlar haqida to‘xtalib, xalqaro arenalarda mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilayotgan “charm qo‘lqop” ustalarini, ularning ustozlarini tabrikladi. Gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandilar.
Marosimda viloyat hokimligi tomonidan Buxoro olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi jamoasiga “Isuzu” avtobusi kaliti topshirildi.
Istam IBROHIMOV, “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Buxoroda Kushon davriga oid devor qoldiqlari topildi
- O‘zbekistonga Erondan issiq havo massalari kirib kelmoqda
- Kitoblar — tafakkur chashmasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring