Buxoroda «Yoshlar va qonun» tanlovi respublika bosqichi gʻoliblari aniqlandi

Foto: Xalq so‘zi
Buxoro shahrida «Yoshlar va qonun» tanlovining respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.
Aholining salmoqli qismini tashkil etuvchi yoshlarning huquqiy savodxonligi hamda huquqiy madaniyatini oshirish jamiyatda qonun ustuvorligini, sud – huquq tizimidagi shaffoflikni taʼminlashda hal qiluvchi oʻrin tutadi. Ayni shu maqsad koʻzda tutilgan «Yoshlar va qonun» tanlovi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Ichki ishlar, Adliya, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirliklari, Yoshlar ittifoqi hamda Yoshlar ishlari agentligi kabi qator tashkilotlar hamkorligida oʻtkazildi. Unda soha masʼullari uch kun davomida «Huquqiy muammoga tezkor yechim», «Huquqiy penalti», «Mening qonunchilik tashabbusim», «Konstitutsiya bilimdoni», «Sud majlislari modeli» kabi shartlar asosida jamoalarning bilimlarini sinovdan oʻtkazdi.
— Ushbu tanlovga tayyorlanish jarayonida koʻplab huquqiy hujjatlar, xususan, Konstitutsiya, turli kodekslar, kitoblarni oʻqidik, — deydi Namangan viloyatining «Adolat» jamoasi aʼzosi Gulnoza Hasanboyeva. — Sudlardagi oqlovchi va qoralovchilarning faoliyatlarini tahlil qildik. Natijada huquqiy bilimimiz yanada oshdi. Oʻzimizning fuqaro, isteʼmolchi, oʻquvchi sifatidagi haq-huquqlarimizni bilib oldik. Bu bizga kelajakda maʼlum bir kasbni egallashda, jamoada oʻz oʻrnimizni topishimizda qoʻl keladi, albatta.
Tanlov yakuniy natijalariga koʻra, 14 – 18 yosh toifasidagi bahslarda birinchi oʻrinni Surxondaryo viloyati «Xoʻjomqon» mahalla fuqarolar yigʻinining «Yosh huquqshunos» jamoasi, 18 – 30 yosh toifasida esa Namangan viloyati «Chortoq» mahalla fuqarolar yigʻinining «Diyonat» jamoasi egalladi. Keyingi oʻrinlar mos ravishda Sirdaryo, Samarqand, Buxoro va Qoraqalpogʻiston Respublikasi vakillariga nasib etdi.
Gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandilar.
Istam IBROHIMOV, «Xalq soʻzi».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti qoʻshma korхonalarni ishga tushirdi va Xitoy ishbilarmon doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashdi
- “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” xalqaro ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
- “Markaziy Osiyo - Xitoy” birinchi sammiti. Ikkinchi kundan fotoreportaj
- Oʻzbekiston Prezidentining Xitoyga tashrifi samarali boʻldi
- Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida 20-may kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi
- Namanganda gullar festivali (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring