Buxoroda universitet ishchisi ehtiyotsizligi sabab o‘zini otib qo‘ydi

16:57 12 Yanvar 2024 Jamiyat
529 0

Illyustrativ foto

Buxoro Davlat universiteti Talabalar turar joyi qozonxonasi ishchisi o‘zini otib qo‘ydi va voqea joyida vafot etdi. Holat joriy yilning 10 yanvar kuni soat 16:20lar atrofida Buxoro davlat universiteti Talabalar turar joyiga yaqin hududda sodir bo‘lgan.

Aniqlanishicha, universitet yotoqxonasiga qarashli qozonxona  ishchisi, 32 yoshli fuqaro X.M. yotoqxonaga yaqin manzilda turgan o‘z avtomashinasiga o‘tirgan va yonida bo‘lgan pnevmatik qurolni qo‘liga olgan va ehtiyotsizligi sabab tana qismiga yaqin tutgan holda tepkini bosib yuborgan. Oqibatda uzining chap ko‘krak qismi jarohatlangan.

X.M. avtomashinasidan tushib, yotoqxonaning birinchi qavatida joylashgan tibbiyot punktiga birinchi yordam so‘rab borgan. Birinchi yordam ko‘rsatilgan, biroq qon yo‘qotishi oqibatida u vafot etgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabariga ko‘ra, holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. 

Marhumning o‘limi bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?