Buxoroda uyida qoʻshmachilik bilan shugʻullangan ayol qoʻlga olindi

11:06 07 Dekabr 2021 Jamiyat
500 0

Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida 43 yoshli ayol oʻz uyida fohishaxona tashkil qilgani uchun qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 18-noyabr kuni viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari oʻz uyida 50 ming soʻm pul evaziga intim xizmat koʻrsatish uchun sharoit yaratib bergan ayolni qoʻlga olishgan.

Mazkur holat yuzasidan ayolga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?