Buxoroda uyida qimorxona tashkil qilgan fuqaro ushlandi

13:50 14 Avgust 2022 Jamiyat
282 0

Foto: Arxiv surat

Joriy yilning 6-avgust kuni soat taxminan 18:30 larda Gʻijduvon tumani IIB xodimlari tomonidan olingan tezkor maʼlumotlar asosida tumanning Baraka mahallasida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, mahallaning Oltinsoy qishlogʻida yashovchi, 1986-yilda tugʻilgan H.Sh. ismli shaxs oʻz uyida tavakkalchilikka asoslangan qimor oʻyinini tashkil qilib, fuqarolar A.Sh., R.B. va R.F. larning qimor oʻyini oʻynashlari uchun sharoit yaratib berib qimorxona tashkil qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB Tergov boʻlimi tomonidan H.Sh. ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?