Buxoroda uch kurash boʻyicha Oʻzbekiston chempionatining gʻolib va sovrindorlari aniqlandi

16:48 15 May 2023 Sport
1014 0

Ot sportini mamlakatimiz boʻylab yanada rivojlantirish maqsadida viloyatlarda ham turli musobaqalar oʻtkazib kelinmoqda. Jumladan, Buxoro viloyatidagi Milliy gvardiya chavandozlar maktabida uch kurash yoʻnalishi boʻyicha mamlakat chempionati boʻlib oʻtdi.

Unda poytaxtimiz, shuningdek, Buxoro, Toshkent, Qashqadaryo, Andijon, Buxoro, Fargʻona va Samarqand viloyatlaridan mohir chavandozlar gʻoliblik uchun bahs olib borishdi. Musobaqa gʻolib va sovrindorlari bilan tanishing:

Uzun masofa:
1. Arina Daminova, “Garpus” laqabli otda (Toshkent sh.)
2. Maksim Dvaryanski, “Chaman” (Toshkent sh.)
3. Ilyos Abdurahmonov, “Salist” (Toshkent sh.)

Qisqa masofa:
1. Timur Gulyamov, “Gudmon” (Buxoro)
2. Sanjar Rahimov, “Arestakrat” (Buxoro)
3. Husan Davlatov, “Baron-17” (Fargʻona).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?