Buxoroda “Tashabbus”ning gʻoliblari aniqlandi

09:05 11 Iyun 2021 Iqtisodiyot
208 0

“Tashabbus-2021” anʼanaviy koʻrik-tanlovining Buxoro viloyati bosqichi gʻoliblari nomi maʼlum boʻldi.

Aytish joizki, ushbu nufuzli tanlovning quyi bosqichlarida 700 dan ziyod tadbirkorlik subyekti ishtirok etdi. Yakunda ular orasidan saralangan 64 nafar tadbirkor viloyat bosqichi qatnashchisiga aylandi. Bu ishbilarmonlar tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilgan biznes loyihalar dolzarbligi, ijtimoiy ahamiyati bois koʻpchilikning eʼtiborini oʻziga tortdi. Gʻoliblik esa Buxoro tumanidagi “Bukhara-Varnet” qoʻshma korxonasi, Buxoro shahridagi “DELUXE FABRIC” masʼuliyati cheklangan jamiyati, Shofirkon tumanidagi “Qoʻchqorova Muhabbat Uzoqovna” oilaviy korxonasi hamda Jondor tumanidagi «Arjumanbonu chorvasi» fermer xoʻjaligiga nasib etdi. Ular mos ravishda “Xizmat koʻrsatish sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori”, “Sanoat sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori”, “Yilning eng yaxshi hunarmandi”, “Yilning eng yaxshi hunarmandi” yoʻnalishlari tengsiz deb topildilar.

Gʻolib va faol ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan Faxriy yorliq va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

Istam IBROHIMOV,
(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?