Buxoroda tadbirkorning savdo doʻkonini sotmoqchi boʻlgan firibgar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan K.A. shahar hududidagi Sadriddin Ayniy koʻchasida joylashgan tadbirkor R.F.ning savdo doʻkonini fuqaro A.J.ga goʻyoki oʻziga tegishli ekanligini aytib, ushbu doʻkonni 35 000 AQSH dollariga firibgarlik yoʻli bilan sotishga kelishib, shundan 18 000 AQSH dollarini qoʻlga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Uzbekistan Airways va Lufthansa Technik AG o‘rtasidagi hamkorlikning 30 yilligi
- “Zarafshon” gazetasining 110-yilligi hamda “Самаркандский вестник” gazetasining 105-yilligi munosabati bilan maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi
- Senat Raisi Dushanbe shahrida Tojikiston Respublikasi Majlisi Oli Majlisi milli Raisi Rustam Emomali bilan uchrashdi
- Karimov Erkin Qodirovichning “Sug‘oriladigan tuproqlar sifatini baholash ishlarini takomillashtirish (Buxoro viloyati Vobkent tumani misolida)” mavzusidagi ilmiy ish himoyasi eʼloni
- AQSH Adliya vazirligi Ilon Maskga qarshi ayblov eʼlon qildi
- Chustda bogʻcha tarbiyalanuvchilari doridan zaharlanganmidi yoki... Vaziyatga aniqlik kiritilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring