Buxoroda tadbirkorni qarzdor qilib qoʻygan guruh rahbari aniqlandi

11:51 06 Sentyabr 2022 Jamiyat
317 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qorovulbozor tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman hokimligining tashkiliy kadrlar guruhi rahbari U.P. va boshqalar “U.E.” MCHJ rahbari N.ning ishonchiga kirib, uning nomidan hujjatlarni soxtalashtirish orqali bank filialidan 290 mln soʻm kredit ajratilishiga erishib, tadbirkor N. hamda fuqaro M.ni bank oldida qarzdor qilib qoʻyib, kredit mablagʻini firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?