Buxoroda sport ustasi xotirasiga bagʻishlab turnir oʻtkazildi

Foto: Xalq so‘zi
Oʻtganlar xotirasini yod etish, ularni yoshlarga ibrat qilib koʻrsatish xalqimizning ezgu fazilatlari sirasiga kiradi. Ana shundan kelib chiqib, Buxoro shahar hokimligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida erkin kurash boʻyicha sport ustasi Sharif Muhammedov xotirasiga bagʻishlangan turnir oʻtkazildi.
Sharif Muhammedov Armaniston, Gruziya, Rossiya, Eron kabi davlatlarning turli shaharlarida tashkil etilgan nufuzli musobaqalarda gʻolib chiqqan. 1970-yilda unga sport ustasi unvoni berilgan. Sh. Muhammedov shunday unvonga sazovor boʻlgan Oʻzbekistondagi dastlabki kurashchilardan sanaladi. Kurashga mehr qoʻygan, yurtimiz sporti dongʻini taratish yoʻlida kuch-gʻayrati, shijoatini ayamagan bu yigit oʻz vaqtida “kuragi yerga tegmagan” polvonlardan edi. Uning izidan borgan oʻnlab yoshlar bugungi kunda Oʻzbekiston, Buxoro sporti ravnaqiga hissa qoʻshyaptilar. Turnir ochilish marosimida ana shular haqida soʻz yuritildi.
Bevosita musobaqaga kelsak, unda 2009 – 2010-yillarda tugʻilgan kurashchilar qatnashdilar. Turnir Sharif Muhammedovning izdoshlari koʻpligini koʻrsatdi. Pirovardida musobaqada yuqori natijalarni qoʻlga kiritgan 44 nafar yosh kurashchi tashkilotchilarning diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring