Buxoroda Savdo-sanoat palatasi yetakchi mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

00:46 09 Dekabr 2021 Jamiyat
1314 0

Buxoro viloyatida Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi yetakchi mutaxassisi pora olayotgan vaqtda qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, Savdo-sanoat palatasi xodimi oʻz mansab vakolatidan foydalanib, tadbirkorga mahalliy banklardan biridan 400 ming AQSH dollari miqdorida kredit olishda yordam berishni vaʼda qilgan. Erkak tadbirkordan avvalroq olingan uch ming dollarni qaytarib berayotgan vaqtda qoʻlga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?