Buxoroda oʻz akasining uyida oʻgʻirlik sodir etgan shaxs qoʻlga olindi

10:11 19 May 2020 Jamiyat
1072 0

Buxoro viloyatida oʻz akasining uyidan pul va qimmatbaho soat oʻgʻirlagan uka qoʻlga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 15-may kuni Buxoro viloyatining Kogon shahrida yashovchi I.B. IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu yil 18-aprel soat 12.00larda nomaʼlum shaxs uyidan 1.000 AQSH dollari va umumiy qiymati 1.100.000 soʻmlik erkaklar qoʻl soatini oʻgʻirlab ketganligini maʼlum qilgan.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni I.B.ning ukasi Z.B. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergovni IIB olib bormoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?