Buxoroda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida “kannabis” giyohvandlik oʻsimligini parvarish qilib kelayotgan shaxs aniqlandi

14:31 30 Noyabr 2022 Jamiyat
330 0

Foto: IIV Axborot xizmati

Buxoro tumani IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan “Qoradori-2022” shartli nom ostidagi tezkor tadbir davomida olingan xabar asosida 2022-yilning 17-noyabr kuni taxminan soat 13:00 larda tumanning “Bogʻidasht” mahallasida yashovchi, 1985-yilda tugʻilgan S.A. ning yashash xonadoni koʻzdan kechirilganda, 2 dona gultuvakda jami 4 tup tarkibida giyohvand vositalari boʻlgan Buxoro viloyati ekspert kriminalistika markazining xulosasiga koʻra “kannabis” oʻsimligini ekib parvarish qilib kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tergov boʻlinmasi tomonidan A.S.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?