Buxoroda oʻqituvchi 2 ming dollar pora bilan qoʻlga tushdi

17:22 25 May 2024 Jamiyat
365 0

Foto: Prokuratura departamenti

Buxoro viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasida noqonuniy yoʻllar bilan sertifikat olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Buxoro tuman boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Tadbirda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti oʻqituvchisi Sh.Sh. fuqaro M.J.ga tanishlari orqali “Milliy til sertifikati”ni olib berishi evaziga 2 000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda S.O. ismli shaxs fuqaro A.B.ni tanishlari yordamida TOEFL iBT nomli C1 sertifikatini olish uchun boʻladigan imtihondan oʻtkazib berishi evaziga 1 800 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер