Buxoroda oʻqishga kiritish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Gʻijduvon tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro D.S. fuqaro N.H.ning oʻgʻlini goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Buxoro davlat universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 1500 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Pastdargʻom tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro D.D. fuqaro O.Sh.ni qoʻshni Qozogʻiston Respublikasidagi universitetlardan biriga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 1 000 AQSH dollarini olganligi aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 200 AQSH dollari va unga tegishli hujjatlarni qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring