Buxoroda oʻndan ziyod NNT davlat grantini oldi

14:54 06 Oktyabr 2021 Jamiyat
297 0

Foto: Istam Ibrohimov / Xalq soʻzi

Buxoroda xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan eʼlon qilingan tanlovning oʻndan ziyod gʻoliblariga davlat granti sertifikatlari topshirildi.

Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda alohida taʼkidlanganidek, yangilanayotgan jamiyatimizda nodavlat notijorat tashkilotlar mavqei va ahamiyati tobora oshmoqda. Shu nuqtayi nazardan munosib loyihalarga berilgan davlat grantlari har bir NNTning oʻz oldiga qoʻygan ezgu maqsadini roʻyobga chiqarishida qoʻl keladi.

– Tanlovda namunali oilalar safini kengaytirishga doir loyihamiz bilan ishtirok etib, gʻoliblar qatoridan oʻrin oldik,- deydi “Sayqal” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Bobur Karimov.  Loyihaga muvofiq, viloyatimizdagi 30 ta mahallada mavzu yuzasidan seminarlar, jonli muloqotlar oʻtkazamiz. “Mehr madaniyati: genezis, nazariya, amaliyot” kitobini nashr etib, ularni aholiga tarqatamiz. Asosiy maqsadimiz shuki, jamiyat bosh boʻgʻini boʻlgan oilalarimizda mehr-oqibat rishtalari hamisha ustun boʻlsin. Sogʻlom maʼnaviy muhitga ega oilalarda kamol topgan farzandlardan esa yomonlik chiqmaydi.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?