Buxoroda muallimlar repetitorlikka oʻqitilmoqda

19:23 15 Oktyabr 2021 Jamiyat
278 0

Foto: Istam Ibrohimov / Xalq soʻzi

Farzandi oliy maʼlumotli boʻlishini istagan ota-ona borki, tajribali repetitor izlaydi. Oʻgʻli yoki qizi maktabdagi taʼlim bilan parallel ravishda qoʻshimcha individual mashgʻulotlarda puxta bilim olishi uchun mablagʻ ayamaydi. Biroq hozirgi sharoitda bunga hamma oilaning ham byudjeti imkon bermaydi. Qora qozoni arang qaynab turgan xonadonlar bor.

Gʻijduvon tumani hokimi Sh. Ashurovning tashabbusi bilan bu masalaga yechim topildi. Unga koʻra maktab muallimlarini repetitorlikka oʻqitishga qaratilgan loyiha hayotga tadbiq etilmoqda. Respublikamiz oliy oʻquv yurtlariga kirishda past natijaga erishgan tumandagi 14 ta maktab shu loyihaning ishtirokchisiga aylandi. Mazkur maktablar oʻqituvchilari mamlakatimizda ilk bor sinov tariqasida malakali repetitorlar tomonidan oʻqitilyapti. Ular intensiv metodlar asosida kasbiy bilim va tajribalarini oshirgach, oʻz maktablarida bitiruvchi oʻquvchilarga qoʻshimcha bepul saboq berishadi. Alaloqibat ota-onalar tomonidan repetitor yollashga hojat qolmaydi.

Viloyatda faoliyat yuritayotgan “Samarali taʼlim” oʻquv markazi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzosi Xurshid Toʻxtayev ushbu loyiha mualliflari sanaladi.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi” muxbiri.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?