Buxoroda marixuana isteʼmol qilgan bir guruh odamlar qoʻlga olindi

10:39 07 Oktyabr 2021 Jamiyat
377 0

Buxoro viloyati Mahmud Tarobiy mahallasidagi kvartiralaridan birida besh yigit va bir qiz giyohvand moddalarni isteʼmol qilgan. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, kvartirani tekshirish chogʻida 1998-yilda tugʻilgan yosh yigit toʻrt erkak va bir qiz bilan birgalikda marixuana giyohvand moddalarini isteʼmol qilgani aniqlangan.

Bu borada 1998-yilda tugʻilgan yigitga nisbatan Jinoyat kodeksining 274-moddasi 2-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning oʻxshashlari yoki psixotrop moddalarni ishlatishga jalb qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?