Buxoroda kuchli shamol natijasida 2 ta yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik to‘liq bartaraf etildi

16:00 21 Fevral 2024 Iqtisodiyot
112 0

17-fevral kuni Buxoro viloyatida yuz bergan kuchli shamol oqibatida jiddiy shikastlangan 110 kV kuchlanishdagi “L-Gazli-1” va “L-Gazli-2” elektr uzatish tarmoqlari to‘liq ta’mirlanib, qayta ishga tushirildi.

Qariyb to‘rt kun davomida noqulay ob-havo sharoitlarida murakkab kechgan ta’mirlash-tiklash ishlarida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 9 ta maxsus brigada tarkibidagi 83 nafar xodimi 12 ta mashina va texnika mexanizmlari bilan faollik ko‘rsatishdi. Ish 24 soatlik rejim asosida yo‘lga qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur tarmoqdan elektr energiyasi oluvchi aholi iste’molchilari hozirgi vaqtgacha zaxiradagi “Uchqur – Gazli” tarmog‘i orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanayotgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер