Buxoroda korxona ishchilari rahbarini qoʻrqitib 30 ming dollar talab qilgani aniqlandi

09:54 05 Fevral 2021 Jamiyat
595 0

Buxoro viloyatida korxona rahbarlarini qoʻrqitib 30 000 AQSH dollari talab qilgan ishchilar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati “Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi. 

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “K.” AJ ishchilari Sh.Sh., B.A. va O.X.lar oldindan til biriktirib, jamiyat direktori va bosh hisobchisini goʻyoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilib, noqonuniy xatti-harakatlar sodir etganligi aks etgan video yozuvlarni internet tarmoqlarida tarqatish va bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish bilan qoʻrqitib, ushbu harakatlarini amalga oshirmaslik evaziga ulardan tovlamachilik yoʻli bilan 30 000 AQSH dollari talab qilishib, kimyoviy ishlov berilgan 30 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Sh.Sh., B.A. va O.X.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?