Buxoroda haydovchilik guvohnomasini olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

10:34 09 Avgust 2022 Jamiyat
305 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.K. boshqa bir fuqaro J.ga, tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini oʻquv mashgʻulotlariga qatnashmasdan olib berish evaziga 2,2 mln soʻm va 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер