Buxoroda fuqarolarni ishga kiritib qoʻyish va xorijga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

12:00 11 Avgust 2022 Jamiyat
278 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kogon shahar boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.A. hamda “E.E.” xorijiy kompaniyasida ishlovchi S.G.lar oʻzaro til biriktirib, fuqaro R.ni ushbu kompaniyaga ishga kiritib qoʻyish evaziga 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Qoʻrgʻontepa tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.X. boshqa bir fuqaro N.ni tanishlari yordamida Estoniya davlatiga ishga yuborishi evaziga 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?