Buxoroda fuqarolarga soxta pasport tayyorlab bermoqchi boʻlgan firibgar ushlandi

12:23 03 Oktyabr 2022 Jamiyat
322 0

Foto: Prokuratura Departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.U. 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularga chet elga chiqish uchun taqiq qoʻyilgan boʻlsada, tanishlari yordamida 3 600 AQSH dollari evaziga qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasi fuqarosi sifatida soxta pasport tayyorlab, Oʻzbekiston Respublikasi chegara postidan oʻtkazib qoʻyishga kelishib, oldindan 2 000 AQSH dollarini olgan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?