Buxoroda fuqaro elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish orqali 97,4 mln zarar yetkazgani aniqlandi

12:51 26 Avgust 2021 Jamiyat
159 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olot tuman boʻlimi tomonidan elektr taʼminoti korxonasi (ETK) xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirda, fuqaro D.X. Qorakoʻl tumanida joylashgan “X.” savdo korxonasiga qarashli binoga oʻrnatilgan elektr hisoblagichni oʻzboshimchalik bilan olib tashlab elektr energiyasidan foydalanganligi natijasida, hududiy ETK manfaatlariga 97,4 mln soʻm zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?