Buxoroda fermer oʻz uzumzorida 3,5 kg “marixuana” saqlab kelayotgani aniqlandi

14:20 07 Sentyabr 2021 Jamiyat
512 0

Qorovulbozor tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan “Qoradori-2021” tadbiri davomida, olingan tezkor maʼlumot asosida tumanning Boʻston mahallasida yashovchi, 1975-yilda tugʻilgan S.J. rahbarlik qilib kelayotgan fermer xoʻjaligi tokzorlari koʻzdan kechirilganda, ushbu fermerning oʻz tokzorlari orasida bir dona polimer qop va bir dona polietilen paketda viloyat IIB Ekspert-kriminalistika boʻlimining sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga koʻra, sof vazni 3.480 grammga teng boʻlgan koʻp miqdordagi “Marixuana” giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan S.J. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?