Buxoroda erkak oʻz xotinining jiyanini pichoqladi

15:59 03 Dekabr 2021 Jamiyat
614 0

Buxoro viloyatida janjal oqibatida xotinining jiyanini pichoqlagan fuqaro qoʻlga olindi. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, 28-noyabr kuni soat 06:20 atrofida Xonobod mahallasida erkak turmush oʻrtogʻining jiyani bilan janjallashib, oʻrtalarida janjal kelib qolgan. Janjalni oila aʼzolari ajrata olmay qolgan.

Keyinroq erkak pichoqni ushlab, jahli chiqib, xotinining jiyanining oʻng koʻkrak qismiga urgan. Yigit olingan jarohatlardan vafot etdi.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan jinoyatchiga nisbatan 97-modda (qasddan odam oʻldirish) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, jinoyatchi shaxs hibsda saqlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?