Buxoroda erkak oʻz xotinini pichoqlab oʻldirdi

11:57 03 Dekabr 2021 Jamiyat
529 0

Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidagi Zarangari mahallasida yashovchi erkak oʻz xotinini pichoqlab oʻldirdi.

Qotillik 27-noyabr kuni soat 11:00 atrofida sodir boʻlgan. 45 yoshli fuqaro turmush oʻrtogʻi bilan janjallashib, oshxona pichogʻi bilan ayol koʻkragining yuqori qismiga urib, tan jarohati yetkazgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ayblanuvchi rafiqasi bilan qariyb 25 yildan beri yashab kelgan. Soʻroq paytida erkak ichki ishlar organlariga yolgʻon koʻrsatma bera boshlagan. Hududiy inspektor Dilshod Safarovning soʻzlariga koʻra, surishtiruv davomida uning noloyiq vajlari va yolgʻonlari fosh boʻlgan.

Erkak ham jinoyati yengillashishiga umid qilib, xorijga ketgan yengiltak ayol deb ayblamoqchi boʻlgan. Biroq qoʻni-qoʻshnilar va mahalla vakillari buni butunlay inkor etib, marhumaning mehnatkash va masʼuliyatli ayol ekanligini isbotladilar, deydi Dilshod Safarov.

“Zarangi” mahalla fuqarolar yigʻini raisi Gʻolib Xodjiyevning aytishicha, ayblanuvchi oldinroq giyohvand moddalarni yetishtirish va sotish bilan bogʻliq jinoyatda aybdor deb topilgan va u qamoq jazosini oʻtagan.

Qayd etilishicha, oilada besh nafar farzand boʻlgan, ular hozirda onasiz qoldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?