Buxoroda yer oldi-sotdisi bilan bogʻliq yana bir firibgarlikka chek qoʻyildi.

15:39 04 Avgust 2021 Jamiyat
422 0

Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.R. oʻzga bir fuqaroni aldash, uning oʻziga boʻlgan ishonchini suiisteʼmol qilish orqali Buxoro tuman Talaliyon mahallasida yashovchi fuqaro S.Sh. ning nomiga rasmiylashtirib berilgan «Zarmanoq» MFY hududida joylashgan 2 ta 6 sotixli jami 12 sotix yer maydonlarini 10.000 AQSH dollariga sotishga kelishib, Rabotak MFY binosi oldida kimyoviy ishlov berilgan 5000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olayotgan vaqtda qoʻlga olingan.

Mazkur holat yuzasidan N.R.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?