Buxoroda dala shiyponiga tashlab ketilgan chaqaloqning onasi topildi

12:46 09 Avgust 2022 Jamiyat
1071 0

Foto: Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi

Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan joriy yilning 22-iyul kuni taxminan soat 09:20 larda Gʻijduvon tumani “Koʻlijabbor” mahallasi “Koʻhna Nayman” qishlogʻida joylashgan “Shukur Toʻxta” fermer xoʻjaligi dala shiyponida shaxsi nomaʼlum yoshi taxminan 8-11 oylik chaqaloqning tashlab ketilganligi toʻgʻrisida maʼlumot berilgan edi.

Buxoro viloyati IIB, hududiy ichki ishlar organlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda keng jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor qidiruv va tergov harakatlari davomida chaqaloqning 2022-yil yanvar oyida tugʻilgan Narzullayeva Muslima ekanligi va onasining shaxsi aniqlanib, tergov organiga topshirildi.

Hozirgi kunda Gʻijduvon tumani IIB Tergov boʻlimi tomonidan holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25/117-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishida shaxsning shaʼni, qadr qimmati va oilaviy sirlari bilan bogʻliq holatlar mavjud boʻlganligi sababli tergov yakuni boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер