Buxoroda bir guruh yurtdoshlarimizga “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni topshirildi

Foto: Xalq so‘zi
Buxoro viloyat hokimligida mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning har jabhada salohiyatini oshirish, adolatli fuqarolik jamiyati barpo etish, millatlararo totuvlik va doʻstlikni koʻz qorachigʻiday asrash, yosh avlodni ona-Vatanga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash kabi ulugʻvor ishlarga salmoqli hissa qoʻshayotgan bir guruh yurtdoshlarimizga “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonini topshirishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.
Tadbirda soʻz olgan viloyat hokimi B. Zaripov barchani mamlakatimiz Bosh qomusi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan tabriklab, Konstitutsiyamizda belgilab berilgan insonparvarlik tamoyillari haqida toʻxtaldi. Demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etishdek ustuvor maqsad yoʻlida fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning xizmatlari tahsinga sazovorligini taʼkidladi.
— Men hunarim ortidan dunyoning koʻplab davlatlarida boʻlganman, — deydi marosim ishtirokchisi, gʻijduvonlik taniqli kulol Alisher Narzullayev. — Lekin har bir inson uchun oʻz yurtiga hech bir yer teng kelmaydi. Sirasini aytganda, bizning emin-erkin ishlashimiz, tadbirkorligu hunarmandchilik bilan shugʻullanishimiz zamirida ham Konstitutsiyamiz asosida yaratib berilgan ulkan imkoniyatlar mujassam. “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlanganimni esa kamtarona mehnatimizning yuksak eʼtirofi deb bilaman.
Mukofotlanganlar eʼtibor va gʻamxoʻrlik uchun davlatimizga, Prezidentimizga minnatdorlik izhor etdilar.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring