Buxoroda “Besh tashabbus” festivali gʻoliblari taqdirlandi

12:59 24 Noyabr 2021 Jamiyat
565 0

Foto: Халқ сўзи

Buxoro shahridagi Yoshlar markazida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan Besh muhim tashabbus doirasida oʻtkazilgan koʻrik – tanlov, festival va sport musobaqalari gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi tashkil qilindi.

– Besh muhim tashabbus bugun oʻquvchi – yoshlarimizni har tomonlama qoʻllab – quvvatlashda, ularning oʻz iqtidorlari va imkoniyatlarini yuzaga chiqarishda juda katta ahamiyat kasb etmoqda,-deydi Buxoro viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Dilfuza Mustafoyeva.- Bu tashabbus ostida oʻtkazilgan tadbirlarda toʻrt ming nafardan ziyod oʻquvchi ishtirok etdi.Yakunda 210 nafar oʻquvchi gʻoliblar qatoridan oʻrin oldi.

Marosimda gʻolib oʻquvchilar, ularning ustozlari va 24 nafar maktab direktoriga Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ajratilgan bir milliard soʻmlik robotexnika, musiqa va sport jihozlari topshirildi. Oʻquvchilarning ijodiy ishlari namoyishi, yosh havaskorlar ijrosidagi kuy – qoʻshiqlar tadbirga bayramona ruh bagʻishladi.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?