Buxoroda avtomobil shinasi yorilib ketishi oqibatida 3 kishi halok boʻldi
Buxoro viloyati Jondor tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida 3 kishi vafot etdi. Bu haqda tuman hokimining mazkur hodisa oqibatlarini bartaraf etish va shu kabi holatlarning oldini olish toʻgʻrisidagi 27-maydagi farmoyishida soʻz borgan.
Qayd etilishicha, voqea 30-aprel kuni soat 07:00 atrofida tumandan oʻtuvchi A-380 avtomagistral yoʻlining 305-kilometrida sodir boʻlgan. Haydovchi Nexia avtomashinasini Xorazm-Buxoro yoʻnalishi boʻyicha boshqarib borayotganida avtomobilning shinasi yorilib ketgan.
Oqibatda 3 nafar fuqaro vafot etgan. 2 nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Hujjatda tuman YHXBga favqulodda vaziyat sodir boʻlgan hududda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash borasida tizimli ishlarni amalga oshirish vazifalari topshirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring