Buxoroda 70 yoshli erkak qoʻshnisini oʻzaro janjalda oʻldirdi

08:01 27 Noyabr 2021 Jamiyat
683 0

Buxoro viloyatida 70 yoshli qariya qoʻshnisining yuragiga oʻroq bilan urib oʻldirdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

24-noyabr kuni soat 08:30 atrofida Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidagi Gajdumak mahallasida janjal kelib chiqdi. Uy oldida obodonlashtirish bilan shugʻullanayotgan 70 yoshli qariya qari daraxtning shoxlarini kesib tashladi. 55 yoshli qoʻshnisi gʻazablanib, daraxt oʻziga tegishli ekanligini aytdi.

Ular oʻrtasida ogʻzaki toʻqnashuv boshlanib, erkak kishi ayolni oʻroq bilan urib oʻldirgan. 55 yoshli fuqaro voqea joyida vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, ayol chap yelkaning yuqori orqa yuzasidan chap koʻkrak qafasiga oʻtib, oʻtkir kesuvchi buyum bilan urilgan zarba natijasida ichki va tashqi qon ketishi natijasida vafot etgan. 

70 yoshli qariyaga nisbatan 97-modda 1-qismi (Qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?