Buxoroda 15 yoshli maktab oʻquvchisi birovning uyini talon-taroj qildi

16:44 12 Yanvar 2022 Jamiyat
570 0

Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanida maktab oʻquvchisi birovning uyidan velosiped, yuk aravasi va uchta temir bochkani oʻgʻirlab ketdi. Bu haqda Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, 2021-yil 9-noyabrdan 12-noyabrga qadar nomaʼlum shaxs “Sharq” mahallasidagi birovning uyiga kirib, “Gerkules” rusumli velosiped, bir arava va uchta temir bochkani oʻgʻirlab ketgan. Shunday qilib, jinoyatchi 4,6 million soʻm miqdorida moddiy zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “d” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Olib borilgan tezkor-qidiruv va tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni 8-sinf oʻquvchisi, voyaga yetmagan oʻsmir sodir etganligi aniqlandi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?