Buxoroda 10,4 ming dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari savdodan olindi

08:21 30 Oktyabr 2024 Jamiyat
136 0

Foto: Prokratura departamenti

Buxoro viloyatida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan “B.U.”, “M.Sh”, va “J.D” MChJlarga qarashli omborxona va savdo doʻkonlarida tergovga qadar tekshiruvlar oʻtkazilgan.

Unda hech qanday hujjatsiz 13 turdagi jami 10 498 dona qalbaki aksiz markali alkogol va 197 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari sotuvga qoʻyilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirgi kunda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?