Buxoro viloyati hokimiga ikki o‘rinbosar tayinlandi

11:43 10 Avgust 2023 Jamiyat
316 0

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovga ikki yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Arashov Jalol Samandarovich hokimning qurilish, kommunikasiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U 1988 yil 6 oktyabrda Qorako‘l tumanida tug‘ilgan. 2009 yilda Toshkent arxitektura va qurilish institutini tugatgan. Arashov ayni vaqtga qadar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan.

Shaxriyorov Botirjon Zavqiddinovich hokimning turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikasiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U 1971 yilda Gʻijduvon tumanida tug‘ilgan. 1994 yili Toshkent davlat texnika universitetini, 1998 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistraturasini, 2004 yili O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan.

Shaxriyorov Davlat soliq qo‘mitasi jismoniy shaxslar daromadlariga soliq solish boshqarmasi boshlig‘i (2009−2011), Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi bosh direktori v.b. (2011−2014), «Toshkent» respublika fond birjasi aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi (2014−2015), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat huquq inspeksiyasi boshlig‘i (2015−2017) lavozimlarida faoliyat yuritgan.

U 2022 yilning aprel oyida sobiq turizm va madaniy meros vazirining ommaviy tadbirlar va madaniy meros masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan va 2023 yilning yanvarida ushbu lavozimdan ozod qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?