Buxoro shahri ziyoratgohlari xaritasi tayyorlandi

Buxoro shahrining salkam 500 gektar yerni egallagan qadimiy shahristoni va zamonaviy qismidagi ziyoratgohlarni qamrab olgan xarita tayyorlandi.
— Yurtimiz ziyorat turizmini rivojlantirish borasida juda katta salohiyatga ega, — deydi loyiha muallifi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti tayanch doktoranti Shavkat Bobojonov. —Davlatimiz rahbari turizmni rivojlantirish masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilishda ham buni alohida taʼkidlagan va sohani ravnaq toptirishda targʻibot hamda ilmiy yondashuvlar yetishmayotganiga eʼtiborni qaratgan edi.
Bilasiz, 2020-yilda Buxoro shahri ISESCO tashkiloti tomonidan Islom olami madaniyati poytaxti deb eʼlon qilindi.Shu munosabat bilan tayyorlagan xaritamizdan sharif shahrimizdagi 133 ta ziyoratgoh (50 tasi saqlab qolinmagan), 40 ta qadimiy qabriston (29 tasi saqlab qolinmagan) haqidagi maʼlumotlar oʻrin olgan.Oʻzbek, rus, ingliz tillarida chop etilgan ushbu ilmiy ishlanma ziyorat turizmi ixlosmandlari uchun qulaylik yaratadi, degan umiddamiz.
Xarita Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan roʻyxatga olindi.
Istam IBROHIMOV,
(“Xalq soʻzi”)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kun fotosi: Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev kelin-kuyovga elektr choynak sovg'a qildi
- Ikkalang ham noinsofsan! — Prezident Namangan shahar hokimi va prokuroriga qattiq tanbeh berdi
- Kun fotosi: Hokim fuqarolarning xonadonini oqlab berdi
- Kun fotosi: Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi deyarli tayyor boʻldi
- “Xalq soʻzi” tanlovida ishtirok eting va tahririyatning qimmatbaho sovgʻasini qoʻlga kiriting!
- Gʻaniyev taqdimot vaqtida qiyinchilikka duch keldi, Prezident uning rejalaridan qoniqmadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring