Buxoro shahar tugʻruqxonasida mustaqillik bayrami shukuhi davom etmoqda

17:39 02 Sentyabr 2022 Jamiyat
384 0

Shu kunlarda mamlakatimiz boʻylab jonajon Oʻzbekistonimiz Mustaqilligining 31 yillik bayrami “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida keng nishonlanmoqda.

Buxoro shahar tugʻruqxonasida ham mazkur sana munosabati bilan bir qator tadbir, uchrashuv va bayram dasturlari nishonlandi. Muassasa atrofi obodonlashtirildi. 

Bosh vrach Abror Bozorov, davolash ishlari boʻyicha oʻrinbosar O.Qilicheva shifokor va hamshiralar barcha boʻlimlardagi ayollar va chaqaloqlar holidan xabar olishdi. Barchani bayram bilan muborakbod etishdi.

Shu kuni muassasada faoliyat koʻrsatayotgan oʻrta va kichik tibbiyot xodimlari oʻrtasida tanlovlar tashkillashtirib, barcha ishtirokchilar munosib ragʻbatlantirildi.

Tugʻruqxonada uzoq yillar faoliyat koʻrsatgan sobiq xodimlar xonadoniga borib, ular bilan samimiy muloqot tashkil etildi.

Shuningdek, boʻlimlardagi zaxira oʻrinlar, dori vositalari zaxiralari koʻrib chiqildi. Dam olish kunlarida grafik asosida navbatchilikda turadigan javobgar tibbiy xodimlarga qatʼiy vazifa va topshiriqlar berildi. Boʻlim katta hamshiralariga bayram kunlarida ham kunu tun ish olib borilishi boʻyicha chora tadbirlar tuzib berildi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda bayram kunlari ham barcha tibbiyot muassasalari oʻz faoliyatini davom ettiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?