Buxoro neftni qayta ishlash zavodida shifoxonalar uchun tibbiy kislorod ishlab chiqarilmoqda

12:11 26 Oktyabr 2021 Jamiyat
487 0

Foto: Халқ сўзи

Odatda zarurat haqida soʻz borganda “Suv va havoday kerak” degan iborani ishlatamiz. Buxoro neftni qayta ishlash zavodida, taʼbir joiz boʻlsa, xuddi shunday mahsulot tayyorlanmoqda – bu yerda tibbiy kislorod ishlab chiqarilmoqda.

– Pandemiya sharoitida bundan mahsulotga ehtiyoj keskin oshdi, - deydi zavodning bugʻ-havo-gaz taʼminoti sexi boshligʻi Umidjon Boboyev. – Ana shuni hisobga olib, koronavirus kasalligi avj nuqtaga chiqqan 2020-yildayoq tibbiy kislorod ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydik. Dastavval respublikamiz poytaxtidan mutaxassislar kelib, tahlil natijalarini oʻrganishdi. Ijobiy xulosa berishdi.Oʻtgan yilning oʻzidayoq 72 tonna tibbiy kislorod ishlab chiqarib, uni Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari shifoxonalariga yetkazdik.

Eʼtiborlisi, buning uchun kerakli uskunalar xarid qilishga zarurat sezilmadi. Mavjud texnologik liniya imkoniyatlaridan samarali foydalanilyapti. Ayni damgacha bu yerda tozaligi 95 foiz boʻlgan tibbiy maqsadlarga moʻljallangan 168 tonna kislorod ishlab chiqarildi.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?