“Buxoro — Xiva — Buxoro” yangi temir yoʻl qatnovi yoʻlga qoʻyildi

23:47 15 Yanvar 2019 Jamiyat
1509 0

Bugun “Buxoro — Xiva — Buxoro” yoʻnalishida 12-sonli yangi poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda Buxoro viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati kotibi Iroda Xudoynazarova maʼlum qildi.

— Maʼlumki, turizmni rivojlanirish uchun, avvalo, transport xizmati faoliyatini oshirish masalasiga eʼtiborni kuchaytirish kerak, — deydi departament boshligʻi Furqat Xoʻjayev. — Bu borada Buxoroda samarali ishlar amalga oshirilmoqda. 15 yanvar kuni “Buxoro — Xiva — Buxoro” yoʻnalishidagi yangi poyezd “Buxoro — Xiva” yoʻnalishida yoʻlga chiqdi. Ushbu poyezd har oyning toq sanasida “Buxoro — Xiva” yoʻnalishida soat 12:05 da, “Xiva — Buxoro” yoʻnalishida esa har oyning juft sanasida 08:45 da yoʻlga qoʻyiladi.

Mazkur yoʻnalishdagi poyezd 13 ta vagondan iborat boʻlib, “Biznes”, “Ekonom” hamda “Vip” turlari boʻyicha xizmat koʻrsatadi.

Laylo Hayitova.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?