Bugungi vazifalarni tashkil etish orqali 2 million aholi bandligini taʼminlash hisob-kitob qilingan

Foto: president.uz
Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Yigʻilishda aholi tomorqasida bir yilda 2-3-marta hosil olish imkonini beradigan tizim yaratishi zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Hozirda 64 ta tumandagi aholi tomorqasida 3-marta hosil olib, bitta oila oʻrtacha 60-100 million soʻmgacha daromad qilayotgani taʼkidlandi. Lekin 22 ta tumanda tomorqadan foydalanish samaradorligi past.
Bu borada Bekobod tumani «Mallaboy» mahallasidagi hokim yordamchisi yoʻlga qoʻygan ijobiy tajribasi haqida soʻzlab berdi.
«Mana, Bekobodday ogʻir tumanda hokim yordamchisi qilayotgan ishlarni eshitdik. Hamma hokim yordamchilariga topshirigʻim bor. Ajratilayotgan ekin yerlarida ishsiz aholini dehqonchilikka oʻrgatish orqali daromadli qilish – sizlarning eng ustuvor vazifangizdir.
Har bir gektarda 10-15 ishsizlarni band qilib, 3-marta hosil olish, urugʻ, oʻgʻit, yoqilgʻi va mahsulot sotib olishni yoʻlga qoʻysangiz, bilasizlarmi, el-yurt oldida qanday hurmat-eʼtibor topasizlar!», dedi Prezident.
Qoraqalpogʻistonlik va Qashqadaryolik tomorqa egalari takliflaridan kelib chiqib, suv taʼminoti ogʻir mahallalarda katta quduq qazish xarajatlari uchun ajratiladigan subsidiya miqdori 150 million soʻmgacha oshiriladi.
Kichik quduqlar uchun Qoraqalpogʻistonda 5 metrdan, qolgan hududlarda 10 metrdan ortiq chuqurlikning har bir metriga 100 ming soʻmdan subsidiya beriladi.
Quduq qazishga gidrogeologik xulosalar 2025-yilga qadar bepul beriladi. Suv tejovchi texnologiyalar joriy etish boʻyicha beriladigan subsidiyalar dehqon xoʻjaliklari uchun ham tatbiq etiladi.
Bunga, joriy yilda qoʻshimcha 65 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.
Ushbu imkoniyatlardan foydalanib, yil yakunigacha 400 ta mahallada quduqlarni ishga tushirish va 19 ming oila tomorqasida suv taʼminotini yaxshilash topshirildi.
Umuman, bugungi vazifalarni tashkil etish orqali 2 million aholi bandligini taʼminlash hisob-kitob qilingani taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring