Bugungi kunga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasiga 2,1 milliard dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya kirib keldi

16:32 28 Fevral 2024 Siyosat
137 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev qayta tiklanuvchi energiya manbalarini koʻpaytirish boʻyicha 2024-yil uchun ustuvor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazmoqda.

Tahlillarga koʻra, yurtimizda quyosh va shamol energiyasi salohiyati elektrga boʻlgan hozirgi ehtiyojni 10-12 barobar ortigʻi bilan qoplashga yetarli ekani taʼkidlandi.

Shunday ulkan imkoniyatni ishga solish masalasiga ancha yillar davomida eʼtibor berilmay kelingani, lekin soʻnggi yillarda bu sohada huquqiy baza yaratilgani tufayli investorlar uchun jozibador muhit shakllangani qayd etildi.

“Yashil energiya” manbalarini barpo qilish boʻyicha yurtimizda katta dasturlar boshlandi. Bugungi kunga qadar sohaga 2,1 milliard dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya kirib keldi, yana 13 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?