Bugun yurtimizga yana 526 500 doza Pfizer/BioNTech vaksinasi olib kelindi

15:53 18 Oktyabr 2021 Jamiyat
267 0

Bugun yurtimizga Pfizer/BioNTech vaksinasining 526 500 dozalik yana bir partiyasi olib kelindi. Bundan avval ushbu vaksinadan 1 200 000 doza keltirilgan edi.

Oʻzbekistonga olib kelingan Pfizer/BioNTechning umumiy miqdori 1726 500 dozaga yetdi.

Shunday qilib, yurtimizda emlash boshlanganidan beri keltirilgan vaksina miqdori esa 29 214 488 dozani tashkil qilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, yurtimizda ota-onalar va vasiylarining roziligi asosida ixtiyoriy ravishda 12 yoshdan katta bolalarni ham Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan emlashga ruxsat berilgan.

14-oktyabr holatiga koʻra, yurtimizda 151 124 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?