Bugun soat 11:00 ga qadar respublikamiz boʻyicha 6 669 552 nafar saylovchi ovoz berdi

12:47 24 Oktyabr 2021 Jamiyat
127 0

Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida MSK raisi oʻrinbosari Bahrom Qoʻchqorov ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi.

Brifingda ovoz berish jarayonlari haqida maʼlum qilindi.

“Shuni alohida taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari saylovda yuksak siyosiy faollikni namoyon etmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 96 -moddasiga muvofiq, agar saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan fuqarolarning 33 foizi ovoz berishda ishtirok etgan boʻlsa saylov oʻtgan hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi Uchastka va okrug saylov komissiyalaridan olingan maʼlumotlarga eʼtibor qaratsak, soat 11:00 ga qadar saylovchilarning 6 mln. 669 ming 552 nafari yoki 33, 6 foizi ovoz berdi. Demak joriy saylovlar oʻtgan deb hisoblanadi va bu bilan barcha saylov jarayoni ishtirokchilarini tabriklaymiz”, — dedi B. Qoʻchqorov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?