Bugun Sirdaryo viloyatida davolanayotgan 9 nafar bemor sogʻaydi, ulardan biri tojikistonlik

“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Koronavirus infeksiyasi bilan xastalangan va Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan 9 nafar bemor sogʻayganligi bois uyga kuzatildi.Bu haqda viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar tarqatdi.
Davo topganlarning eng yoshi Guliston tumanidan bir yoshga toʻlmagan goʻdak boʻlsa, eng yoshi ulugʻi Boyovut tumanida yashovchi 1932-yilda tugʻilgan onaxondir. Shuningdek, sogʻayganlarning bir nafari Boyovut tumanidan, bir nafari Guliston shahridan, bir nafari Mirzaobod tomonidan, bir nafari Yangiyer shahridan, qolgan bir nafari esa qoʻshni Tojikiston Respublikasining Xatlon viloyatidan.
Ular tana harorati koʻtarilishi, taʼm sezish yoʻqolishi va koronavirusning boshqa alomatlari bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan edi. Sirdaryolik shifokorlar belgilangan standartlar asosida davo muolajalarni oʻtkazishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
- Yoshlar ishlari agentligi xodimlariga har oy 0,5 dan 1,5 baravargacha ustama toʻlanadi
- Oʻzbekistonda hafta oxirida ob-havo keskin sovuqlashadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring