Bugun quyi palatada “Hukumat soati” boʻlib oʻtadi. U toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatiladi

10:23 04 May 2021 Siyosat
361 0

Joriy yilning 4-may kuni soat 15-00 da Oliy Majlis Qonunchilik palatasida navbatdagi “Hukumat soati” boʻlib oʻtadi. Unda xalq vakillari “Joylarda barpo etilayotgan massivlarning bosh rejasini ishlab chiqishda ushbu hududlarda maktab qurilishini inobatga olish hamda yangi hudud va massivlarda qurilayotgan yangi koʻp qavatli binolar qurilishida ularga mutanosib ravishda yangi oʻquvchi oʻrnini yaratish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi masalani muhokama qiladi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlarning savollariga Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri Botir Zokirov va xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatovlar javob beradi.

Mazkur tadbir youtube videoxostingi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?