Bugun O‘zbekistonga salqin havo kirib keladi

09:35 19 Sentyabr 2021 Jamiyat
535 0

 

Gidrometorologiya xizmati bugungi ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra bugun 19 sentyabrda kunduz kuni respublika hududiga Volga bo‘yi hududlaridan salqin havo kirib kelishi boshlanadi. Yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati 30-35° ni tashkil etadi, shimolda 22-27°gacha pasayadi.

Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol tezligi 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 33-35° gacha biroz pasayishi kutilmoqda.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 25-30° atrofida saqlanib turadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?