Bugun Oʻzbekistonga 1mln doza koronavirusga qarshi vaksina keltiriladi

09:24 27 Mart 2021 Jamiyat
742 0

Xitoy-Oʻzbek olimlari hammualifligida yaratilib, shu oy boshida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan ZF-UZ-VAC2001 rekombinant vaksinasidan 1mln doza bugun Toshkentga olib kelinadi. Bu Oʻrta Osiyo davlatlari ichida birinchi boʻlib bunday katta partiyada vaksina sotib olinishi hisoblanadi.

Bundan avval mamlakatga COVAX tomonidan 660 ming doza Astra-Zeneca vaksinalari taqdim etilgandi. Bu esa 1-apreldan boshlanishi kutilayotgan ommaviy emlashda kamida 1 mln 660 ming aholini 1-doza bilan emlash imkoniyatini beradi.

Mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni yana ortib borayotgan bir paytda vaksina bilan emlash ishlarini jadallashtirish talab etiladi. Shu bois, Hukumat tomonidan barcha resurslar, imkoniyatlar mamlakat aholisi uchun yetarli vaksinalar olib kelinishini taʼminlash hamda aholini katta qismini emlash ishlarini qisqa fursatlarda amalga oshirishga qaratilishi kerak.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?