Bugun maktablarda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" sadolari jarangladi

13:24 25 May 2023 Jamiyat
702 0

Foto: “Xalq so‘zi”

25-may kuni mamlakatimizning barcha maktablarida 2022-2023-o‘quv yili yakunlanib, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari jarangladi. Tadbir Davlatimiz rahbari tomonidan yo‘llangan tabrikni bitiruvchi o‘g‘il-qizlarga yetkazish bilan boshlandi.

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida barcha maktablarda ko‘tarinki kayfiyatda o’tdi. Yil davomida aʼlo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar rag‘batlantirildi.

Shuningdek, turli ko‘rik-tanlovlarda yutuqlarga erishgan o‘quvchilarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

Joriy yilda 10118 ta maktabni 391 568 nafar bitiruvchi tamomladi.

Toshkent shahridagi 249-maktab va 300-maktabdan "Xalq so‘zi" muxbirlari ushbu tadbirlardan fotoreportaj tayyorladi.

 

Foto: “Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?