Bugun haydovchilar va yoʻlovchilar anchadan beri kutgan, ularning kayfiyatini koʻtaradigan qarorni imzoladim — Shavkat Mirziyoyev

Foto: president.uz
Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Prezident “tonirovka” masalasiga toʻxtaldi.
«Har bir islohotimiz, taklif va tashabbuslarimiz, bu – eng avvalo inson qadri uchun.
Shu bois, xalqimizga qanday yengilliklar bersak, u bizdan rozi boʻladi, degan savol barcha rahbarlarni har kuni, har daqiqa oʻylantirishi kerak.
Har gal joylarga chiqqanimda oddiy-oddiy odamlar bilan uchrashib, muammolarini eshitaman, yana qancha aholimizda shunday muammolar borligi haqida oʻylayman va unga yechim qidiraman.
Ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda koʻtarilayotgan masalalardan ham xabardorman.
Mana, bugungi kunda mamlakatimizda yengil avtomashinalar soni 3,5 milliondan oshdi. Haydovchilarimizda ham koʻplab eʼtirozlar toʻplanib qolgan.
Shu bois, bugun haydovchilar va yoʻlovchilar anchadan beri kutgan, ularning kayfiyatini koʻtaradigan qarorni imzoladim», dedi Prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bolgariya parlamenti tarqatib yuborildi
- Yevropada maymun chechakdan birinchi oʻlim qayd etilgani maʼlum qilindi
- Mustaqillikning oʻttiz bir yillik bayrami “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh gʻoya asosida nishonlanadi
- Buyuk Britaniya politsiyasi qiymati 40 million funt sterlinglik boʻlgan kokainni musodara qildi
- Bryussel Boris Jonsonning NATO bosh kotibi lavozimini egallash ehtimolini baholadi
- AQSH Kongressi palatasi spikeri Nensi Pelosini Osiyoga olib uchayotgan samolyot onlayn radarlardan gʻoyib boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring